Bentley kompaniyasi 2030 yilgacha faqat elektromobillar ishlab chiqarmoqchi

Iqtisodiyot 27.01.2022, 01:22
Bentley kompaniyasi 2030 yilgacha faqat elektromobillar ishlab chiqarmoqchi

Britaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniyasi Bentley Motors 2030 yilga borib faqat elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, kompaniya ushbu loyihani amalga oshirish uchun 2,5 milliard funt sterling (taxminan 3,4 milliard dollar) ajratadi.

Xabarda aytilishicha, 2032 yilgacha bo`lgan sarmoya avtomobillarni elektrlashtirish va kompaniyaning Angliyaning Kru shahridagi tarixiy zavodini modernizasiya qilish sohasidagi tadqiqot va ishlanmalarga yo`naltiriladi.

 Bentley kompaniyasi avtosanoatdagi butlovchi qismlarni etkazib berish bilan bog`liq muammolarga qaramay, ketma-ket ikkinchi yildirki, avtomobil sotish bo`yicha rekordini o`z rekordini yangilab kelmoqda. 2021 yilda kompaniya 14 659 ta avtomobil sotdi, bu 2020 yildagi rekord 11 206 ta mashinadan 31 foizga ko`p.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1