1

Shavkat Mirziyoev “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etdi

Jamiyat 27.01.2022, 20:14
Teglar: Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 yanvar kuni videoanjuman shaklida o`tgan “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev, Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnashdilar.

Etakchilar mintaqa mamlakatlari va Hindiston o`rtasidagi an`anaviy yaqin va do`stona aloqalarni yanada mustahkamlash, ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko`rib chiqdilar. Xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O`zbekiston Prezidenti o`z nutqining avvalida ushbu uchrashuvning strategik sheriklikni mustahkamlash hamda mintaqaviy hamkorlikning uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan yangi kun tartibini shakllantirishdagi ahamiyatini alohida qayd etdi.

Bunga mamlakat va xalqlarimizni bog`lab turgan chuqur tarixiy ildizlar ishonchli zamin bo`lib xizmat qilmoqda. Xususan, ming yillar mobaynida mintaqamiz va Hindiston xalqlari o`rtasida faol gumanitar almashinuvlar va savdo aloqalari mavjud bo`lgan, ularning madaniyati, an`analari va ma`naviy qadriyatlari bir-birini boyitib kelgan.

Davlatimiz rahbari “Hindiston – Markaziya Osiyo” formatidagi amaliy hamkorlikni ilgari surishning strategik ustuvor yo`nalishlarini belgilab, bu borada aniq takliflarni ilgari surdi.

Birinchi ustuvor yo`nalish sifatida ta`lim va sog`liqni saqlash sohalarida faol hamkorlik qilish, Hindistonning ilg`or tajribasi, bilim va texnologiyalarini joriy qilish orqali inson kapitalini rivojlantirish belgilab olindi.

Bunga misol tariqasida keyingi yillarda mamlakatimizda hindistonlik hamkorlar bilan birgalikda zamonaviy ko`p tarmoqli tibbiyot markazlari tashkil etilgani ko`rsatib o`tildi. Ayni paytda, Hindistonning etakchi tibbiy universitetlarining O`zbekistondagi filiallari qoshida bunday klinikalar tarmog`i yanada kengaytiriladi.

Prezidentimiz farmasevtik preparatlar ishlab chiqarish bo`yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish, vaksinasiya to`g`risidagi sertifikatlarni o`zaro tan olishni jadallashtirish, virusolog vrachlar tayyorlash dasturlarini boshlash, an`anaviy tibbiyot usullarini keng joriy qilish tashabbuslarini bildirdi. Ularni ilgari surish maqsadida har yili qo`shma Sog`liqni saqlash forumini o`tkazib borish taklif qilindi.

Yurtimiz ta`lim sohasida Hindistonning uchta yirik oliy ta`lim muassasalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, xalqaro maktablar ochish dasturlari amalga oshirilmoqda, Hindistonning tillarni o`qitish metodikasi joriy qilinmoqda.

O`zbekiston etakchisi yangi universitetlar va professional ta`lim markazlarini ochish, ilmiy va akademik almashinuvlarni yo`lga qo`yish, innovasion ishlanmalar va startaplarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan “yo`l xaritasi”ni ishlab chiqishni taklif etdi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi sheriklikning keng istiqbollari alohida qayd etildi. Raqamlashtirish sohasida jahonning peshqadamlaridan biri hisoblangan Hindiston mamlakatimiz IT tarmog`i rivojiga katta hissa qo`shib kelmoqda.

Raqamli, moliyaviy va blokcheyn texnologiyalarini rivojlantirish, kiberxavfsizlik va kadrlar tayyorlash borasida, shu jumladan mavjud platformalar negizida hamkorlik qilishning mintaqaviy dasturini qabul qilish tashabbusi ilgari surildi.

Ikkinchi eng muhim strategik ustuvor yo`nalish sifatida davlatimiz rahbari iqtisodiy sheriklikni kengaytirishni taklif etdi.

Keyingi yillarda O`zbekiston va Hindiston o`rtasidagi tovar ayirboshlash qariyb ikki barobarga ortdi, qo`shma korxonalar soni 400 taga etdi. Yirik investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda, Andijon viloyatining Gujarat shtati bilan kooperasiyasi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.

Tadbirkorlar va hududlar darajasidagi bevosita aloqalarni rag`batlantirish, investisiyalar va savdo sohasida yangi o`sish nuqtalarini aniqlash maqsadida “Hindiston – Markaziy Osiyo” ishbilarmonlar kengashi faoliyatiga jadal sur`at bag`ishlash muhim ekani ta`kidlandi.

O`zbekiston Prezidenti mintaqa mamlakatlari o`rtasidagi transport aloqalari samaradorligini oshirish va zamonaviy infratuzilma yaratish masalalarining ustuvor ahamiyatini qayd etdi.

“Quruq” portlar tarmog`ini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, yuk tashishda chegirma va imtiyozli tariflar taqdim etish, bojxona tartibotlarini soddalashtirish maqsadida transport vazirlarining ko`p tomonlama uchrashuvlari mexanizmini yo`lga qo`yish taklifi qo`llab-quvvatlandi.

Energetik samaradorlik va “yashil” taraqqiyot sohalarida Hindistonning ilg`or tajribasini va kooperasiya istiqbollarini o`rganishga alohida e`tibor qaratildi. Bu boradagi mintaqaviy hamkorlik masalalarini kelgusi yilning sentyabr oyida Orolbo`yida o`tkaziladigan xalqaro forumda muhokama qilish taklifi ilgari surildi.

Madaniy-gumanitar soha uchinchi ustuvor yo`nalish sifatida qayd etildi. Muzeylararo hamkorlik, ko`rgazma va anjumanlar tashkil etish, qo`lyozma fondlarini raqamlashtirish va virtual kutubxona yaratish, umumiy tarixiy-arxeologik merosni tadqiq etishni nazarda tutadigan qo`shma chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarurligi ta`kidlandi.

Hindiston bilan diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan mintaqa mamlakatlarida hind madaniyati va kinosi festivallarini o`tkazish taklif qilindi.

Davlatimiz rahbari Afg`onistonda saqlanib qolayotgan murakkab vaziyatga alohida to`xtaldi. Ushbu mamlakatda barqarorlik va xavfsizlikni ta`minlash, gumanitar inqirozning avj olishiga yo`l qo`ymaslik, yirik infratuzilma loyihalarini ilgari surishga ko`maklashish choralarini ko`rish muhim ekani ta`kidlandi.

O`zbekiston etakchisi Bosh vazir Narendra Modi va do`st Hindiston xalqini Respublika kuni va mamlakat mustaqilligining bo`lajak 75 yilligi bilan tabrikladi.

Boshqa delegasiyalar rahbarlari ham o`z nutqlarida sheriklik munosabatlari va mintaqaviy hamkorlikni, eng avvalo, savdo, investisiyalar, innovasiyalar, transport, infratuzilma, sanoat, qishloq xo`jaligi, madaniyat va turizm sohalarida kengaytirish uchun katta imkoniyatlar borligini qayd etdilar.

Sammit yakunida Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston o`rtasidagi do`stlik munosabatlari va ko`p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlashning muhim masalalariga doir umumiy yondashuvlar bayon qilingan Dehli deklarasiyasi qabul qilindi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1