1

Qashqadaryodagi kuchli shamol "O`zbekneftgaz" korxonalari qurilmalarning avariyaviy to`xtalishiga sabab bo`ldi

Iqtisodiyot 28.01.2022, 17:19
Qashqadaryodagi kuchli shamol "O`zbekneftgaz" korxonalari qurilmalarning avariyaviy to`xtalishiga sabab bo`ldi

2021 yilning 28 yanvar kuni soat 11:20 da Qashqadaryo viloyati hududida kuchli shamol bo`lishi natijasida, elektr ta`minotida uzilishlar sodir bo`ldi va uning oqibatida Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Sho`rtan-1” (Betman), “Sho`rtan-2” (KMPO), “Shimoliy Nishon”, siquv kompressor stansiyalarida jami 11 ta gaz haydash agregatlari, Propan butan aralashmasini olish qurilmasida 1- va 5-sonli texnologik qurilmalari hamda Sho`rtan gaz kimyo majmuasida polietilen ishlab chiqarish qurilmalari avariyaviy to`xtalish bo`ldi. Bu haqda "O`zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Malakali mutaxassislar tomonidan ko`rilgan tezkor choralar natijasida, soat 15:00 ga qadar jami to`xtagan gaz haydash agregatlaridan 10 tasi, propan butan aralashmasini ajratib olish qurilmalarining barchasi hamda polietilen ishlab chiqarish qurilmasi qayta ishga tushirildi hamda magistral gaz quvurlariga tabiiy gaz etkazib berishi barqarorligi ta`minlandi.

Hozirda “Sho`rtan-1” siquv kompressor stansiyasidagi 1 ta gaz haydash agregatini ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar taqdim etib boriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1