AsosiyJinoyat

Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kadastr xodimi va sobiq soliq inspektorining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

'Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida Davlat kadastrlari palatasi filialining kadastr muhandisi fuqaroga tegishli 2 sotih yer maydonining kadastr pasportini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish evaziga 2,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sherobod tumani davlat soliq inspektsiyasining sobiq bosh inspektori iqtisodiy sudda ko‘rilayotgan ish doirasida fermer xo‘jaligining egalik huquqini tiklab berish evaziga 10 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    Boshqa yangiliklar