AsosiyIqtisodiyot

Volkswagen birinchi marta butunlay elektromobillarni ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi

'Volkswagen birinchi marta butunlay elektromobillarni ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi'ning rasmi

Germaniyaning Svikkau shahridagi Volkswagen avtozavodi ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni ishlab chiqarishni to`xtatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, kompaniya dunyoda birinchi bo`lib faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o`tdi. 

Ilgari ishlab chiqaruvchilarning hech biri ilgari bunday uslubni tanlamagan. Odatda, elektr transport vositalari noldan qurilgan zavodlarda ishga tushirilgan.

Zavodni konvertasiya qilish uchun 1,2 milliard evro sarflandi. Kompaniyani qayta qurish ishlari 2018 yilda boshlangan. Zavod yiliga 300 ming dona elektromobil ishlab chiqaradi. 

    Boshqa yangiliklar