O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Pekin shahriga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugun davlatimiz rahbari Pekin milliy stadionida bo`lib o`tadigan XXIV qishki Olimpiya o`yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Tashrif dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.