AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Pekinda qishki Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pekin shahrida  XXIV qishki Oli...

'Shavkat Mirziyoev Pekinda qishki Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pekin shahrida  XXIV qishki Olimpiya o`yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda

Tadbir xorijiy davlatlar etakchilari, rasmiy delegasiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadionida bo`lib o`tdi.

Marosim badiiy dasturi XXR Raisi Siz Szinpin tomonidan ilgari surilgan «Insoniyat umumiy taqdiri hamjamiyati» konsepsiyasini o`zida mujassam etgan bo`lib, Xitoy xalqining qadimiy tarixi va boy madaniyati, jahon iqtisodiyoti peshqadami sifatida erishayotgan ulkan muvaffaqiyat va yutuqlari, xalqaro olimpiya harakatining ruhi va qadriyatlarini aks ettirdi.

So`ng Millatlar paradi bo`lib o`tdi. Qishki Olimpiadada ishtirok etayotgan mamlakatlarning sport delegasiyalari, shu jumladan O`zbekiston jamoasi stadion bo`ylab yurdi. O`yinlarda yurtimizdan qatanashayotgan tog` chang`ichisi Komiljon To`xtaev O`zbekiston davlat bayrog`ini tantanali ko`tarib o`tdi.

Yorqin sport bayrami avjida Olimpiya olovi yoqildi. Marosim bayramona mushakbozlik bilan yakunlandi.

4-20 fevral kunlari o`tkaziladigan Olimpiya musobaqalarida sportning 15 ta yo`nalishi bo`yicha 109 ta medallar to`plami o`ynaladi, ular uchun dunyoning 95 mamlakatdian 4 mingdan ziyod sportchi kurashadi.

Boshqa yangiliklar