1

O`zbek olimlari Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivini o`rganish imkoniga ega bo`ladilar

Jamiyat 19.05.2022, 19:56
O`zbek olimlari Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivini o`rganish imkoniga ega bo`ladilar

20 may kuni bo`lib o`tadigan “ShHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” forumi doirasida “TURKTAV ” jamg`armasi tomonidan O`zbekiston tarixiga oid qo`lyozmalarning asl nushalari "Ipak yo`li" turizm va madaniy meros institutining kutubxonasiga topshiriladi. Mazkur tashabbus Turizm va Madaniy meros vazirligi tomonidan amalga oshirildi.

Turkiya Respublikasi Turkiy tillar tarixi va madaniyati “TURKTAV ” jamg`armasi “ShHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” xalqaro forumi doirasida o`zbekistonlik tadqiqotchilarga Usmonli imperiyasining tarixiy arxivlarga kirish imkoniyatini taqdim etdilar. Endilikda o`zbek olimlari O`zbekiston Respublikasi tarixiga oid bir qator hujjatlarni tiklashlari mumkin bo`ladi.

Xabar qilinishicha, ayni vaqtga qadar Fond tomonidan 55 ming elektron qo`lyozma hujjatlar raqamlashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1