Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun O`zbekistondan tranzit yuk jo`natdi.
Ma`lum qilinishicha, avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga etkazilib, so`ngra Hindistonga yo`l oldi.
Qayd etilishicha, port uchun bu “muhim bosqich” va ikki davlat o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirish ramziga aylangan. Boshqa davlatlar ham portdan foydalanib Pokiston orqali Markaziy Osiyoga yuklarni etkazib berishi kutilmoqda.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning noyabr oyida Pokiston O`zbekiston tranziti uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgan edi. 2022 yilning mart oyida esa Hindiston ilk bor O`zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg`oniston orqali tranzit qilib jo`natgan edi.