1

2022 yilning besh oyida "UzAuto Motors" o`tgan yilning shu davriga nisbatan 47% ko`proq avtomobil ishlab chiqardi

Iqtisodiyot 23.06.2022, 11:24
2022 yilning besh oyida "UzAuto Motors" o`tgan yilning shu davriga nisbatan 47% ko`proq avtomobil ishlab chiqardi

2022 yilning yanvar-may oylari davomida «UzAuto Motors» zavodida 126 246 ta avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Ushbu ko`rsatkich 2021 yilga qaraganda 47%ga ko`proq. Shunday qilib, o`tgan yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmining o`sishi 40 452 dona avtomobilni tashkil etadi.  

Ta`kidlanishicha, joriy yilning birinchi yarmida Chevrolet Tracker 2023 yil modeli sanoat ishlab chiqarishga joriy etish bo`yicha keng ko`lamli tashkiliy chora-tadbirlar fonida ishlab chiqarish hajmining keskin o`sishi kuzatilmoqda. Yangi avtomobilni ishlab chiqarishga iyul oyi o`rtalarida start berilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, kompaniya o`z rasmiy saytida Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker (2023 yil modeli) avtomobili sotuvining start olish sanasiga rasman teskari sanoqni boshlagandi. Unga ko`ra,  30 avgust sanasidan boshlab yangi avlod avtomobilini xarid qilish mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1