1

O`zbekistonda pensiya tayinlashda yana bir qo`shimcha hujjat so`ralmaydigan bo`ldi

Jamiyat 26.06.2022, 16:22
O`zbekistonda pensiya tayinlashda yana bir qo`shimcha hujjat so`ralmaydigan bo`ldi

Endi O`zbekiston fuqarolaridan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo`qotganlik pensiyalarini tayinlash jarayonida oila tarkibi to`g`risidagi ma`lumotlar talab etilmaydi. Bu haqda Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, fuqarolarga ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, shuningdek davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan talab etiladigan hujjatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida Adliya vazirligi va Pensiya jamg`armasi ma`lumotlar bazalari o`rtasida axborot almashinuvi yo`lga qo`yildi.

Ushbu axborot almashinuvi orqali davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolarning oila tarkibi to`g`risidagi zarur ma`lumotlari avtomatik tarzda shakllantirish tizimi ishga tushirilgan.

Shu bois, endilikda pensiya tayinlashda nikoh, ajrim va farzandlaringizning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalari va ularning nusxalari talab etilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1