1

Andijonda hokim yordamchisi o`zini osib qo`ydi

Jamiyat 05.07.2022, 00:01
Andijonda hokim yordamchisi o`zini osib qo`ydi

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Marhamat tumanida hokim yordamchisi F.A. o`z joniga qasd qilgani haqida ma`lumot tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi bayonot berdi.

Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 16 aprel kuni Marhamat tumani, Sho`rqaqir MFY, Davlatobod ko`chasida yashagan, joriy yilning yanvar oyidan buyon hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelgan F.A. yashash xonadonida sodir bo`lgan. U o`zini-o`zi osib, joniga qasd qilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilib, fuqaro F.A.ning badanida bo`ynidagi osilishdan qolgan strangulyasion egat ko`rinishidagi izlardan tashqari biron-bir tan jaroxatlar aniqlanmagani aytiladi. Fuqaroning joniga qasd qilganligi holatida o`zga shaxslar jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli, tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Shunga qaramay marhumning otasi  M.M. tuman hokimligi tomonidan o`g`lining o`limi yuzasidan tarqatilgan axborotlarning yolg`onligi xususidagi murojaat tarqatgani aytiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1