AsosiyDunyo
6352

Amerikalik ayol yana qamoqqa qaytish uchun bankni o`mardi

Yaqinda qamoqdan ozod etilgan ayol yana qamoqqa qaytish maqsadida Vayomingdagi bankni o`mardi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Polisiyaning bergan ma`lumotiga ko`ra, 59 yoshli Linda Patrisiya Tompson bankni tunagandan co`ng, bor pulni derazadan irg`itib, polisiyaning etib kelishini kutgan. O`tkazilgan tergov jarayonida ayol qamoqdan chiqqandan keyin uysizlar boshpanasidan joy topa olmaganini, ko`chada yashashning imkoni yo`qligi tufayli o`g`irlik qilib, yana qamoqqa qaytishni rejalashtirganini bildirgan.

Bungacha ayol bosqinchilik jinoyatini sodir etganligi uchun qamalgandi. Uni muddatidan ilgari ozod qilishganda, ayol qamoqdan ketish istagi yo`qligini ta`kidlagan.

Boshqa yangiliklar