O`zbekiston tomonining tashabbusi bilan hududlararo aloqalarni rivojlantirish qaratilgan mustahkam hujjatlar to`plami ishlab chiqildi – Sergey Lavrov

Siyosat 29.07.2022, 13:08
O`zbekiston tomonining tashabbusi bilan hududlararo aloqalarni rivojlantirish qaratilgan mustahkam hujjatlar to`plami ishlab chiqildi – Sergey Lavrov

O`zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida bugun Toshkent shahridagi ShHTga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig`ilishi o`z ishini boshlagani haqida xabar berilgan edi. 

Unda nutq so`zlagan Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ko`ra, O`zbekiston tomonining tashabbusi bilan transport bog`liqligi, energetika sohasidagi hamkorlik,  “aqlli” qishloq xo`jaligi, raqamli transformasiya, hududlararo aloqalarni rivojlantirish, yuqori texnologiyalar va innovasiyalarni joriy etishga qaratilgan mustahkam hujjatlar to`plami ishlab chiqildi.

" – O`zbekiston hamkorlar tashabbusi bilan ShHT doirasida ilm-fan va texnika, madaniyat, sog`liqni saqlash, turizm, yoshlar bilan aloqalar sohasida o`tkazilgan ko`plab tadbirlarni yuqori baholaymiz. Hamkorlikning shartnoma-huquqiy bazasi turizm sohasidagi hukumatlararo bitim va muzey ishi sohasidagi memorandum bilan to`ldiriladi", – deydi S.Lavrov.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1