Ijtimoiy tarmoqlarda “O`qituvchi mardikormi?” nomli tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi o`rganish o`tkazdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko`ra, To`raqo`rg`on tuman XTBga qarashli 51-sonli umumiy o`rta ta`lim maktab direktori 2022 yil iyun hamda iyul oyilarida 10dan ortiq maktab o`qituvchilari va boshqa xodimlarni ishdan bo`shatish bilan qo`rqitib, ularni maktab hududida obodonlashtirish ishlariga majburan jalb qilganligi aniqlangan.
Maktab rahbariga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan (15 000 000 so`m) jarimaga tortildi.