FVV Toshkentdagi dahshatli yong`in sodir bo`lgan joy nomini ma`lum qildi

Jamiyat 09.08.2022, 13:23
FVV Toshkentdagi dahshatli yong`in sodir bo`lgan joy nomini ma`lum qildi

Avval xabar berganimizdek, bugun 9 avgust kuni soat 12:24 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Muqimiy ko`chasida katta  yong`in yuz berdi. 

FVVning ma`lum qilishicha, yong`in shu ko`chada joylashgan  yangi qurilayotgan 4 qavatli binoda sodir bo`lgan. 

Shunga ko`ra,  4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 12:30 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat  12:43 da qurshab olingan va soat 12:50 da bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida binoning tomi ichki qoplapmasiga sintepon bilan ishlov berilgan qismining taxminan 900 kv.m. maydoni yonib zararlangan.  

 Yong`in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari yo`q.

 Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1