AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda iqlim o`zgarishlari ko`rsatkichlarini o`lchab borish meteostansiyasi yaratildi

'O`zbekistonda iqlim o`zgarishlari ko`rsatkichlarini o`lchab borish meteostansiyasi yaratildi'ning rasmi

Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh radiasiyasi, shamol tezligi va yo`nalishi, havo harorati va namligi hamda yog`ingarchilik miqdorini o`lchab borish meteostansiyasining sanoat namunasi yaratildi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Meteostansiya boshqaruv dasturi ishlab chiqildi va Intelektual mulk agentligidan elektron hisoblash mashinalari (EHM) dasturi uchun patent guvohnomasi olindi.

Meteostansiya datchiklaridan olingan ma`lumotlar distansion tarzda asosiy kompyuterga uzatiladi va tahlil qilib boriladi.

 

    Boshqa yangiliklar