Chilonzor tumanida 58 tup daraxtning kesilishida gumonlangan 3 nafar shaxs qo`lga olindi — Bosh prokuratura

Jinoyat 10.09.2022, 15:15
Chilonzor tumanida 58 tup daraxtning kesilishida gumonlangan 3 nafar shaxs  qo`lga olindi — Bosh prokuratura

Avvalroq Chilonzor tumani Chilonzor ko`chasida daraxtlarni noqonuniy kesilish holati yuz bergani, oqibatida tabiatga 797,7 mln. so`m miqdorida zarar etkazilgani xabar berilgandi.

Shundan so`ng holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilingan.

Ayni damda  Bosh prokuratura bergan xabarga ko`ra, etkazilgan zarar quruvchi tashkilot rahbari tomonidan to`liq qoplandi.

Shuningdek,  qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida 3 nafar gumonlanuvchi shaxslar Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Ayni damda tarqalayotgan xabarlarga o`ra, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig`i ham hibsga olingan.

Biroq bu daraxtlarga zarar etkazilishi bilan bog`liq emas. Qayd etilishicha, F.D. 9 sentyabr kuni JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish, o`ta yirik zarar etkazish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinuvchi shaxs sifatida ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1