AsosiyJamiyat

Qo`qonda ishlab chiqarish korxonasining katta qismi yonib ketdi

'Qo`qonda ishlab chiqarish korxonasining katta qismi yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 22 sentyabr kuni soat 04:24 da Farg`ona viloyati Qo`qon shahar “Marg`ilon darvozasi” MFY A.Navoiy ko`chasida joylashgan ishlab chiqarish  korxonasida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat FVBga xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda FVV matbuot xizmati. 

Shunga ko`ra, 13 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 04:26 da etib borib, yong`in soat 06:20 da qurshab olingan va soat 07:20 da bartaraf etilgan.  

Yong`in natijasida korxona binosining taxminan 300 kv.m maydonida tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.     

Hozirda yong`inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar