Prezident Shavkat Mirziyoev Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabda sodir bo`lgan otishma oqibatida insonlar qurbon bo`lgani munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga ta`ziya yo`lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
“Davlatimiz rahbari halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, bugun Rossiyaning Ijevsk shahridagi 88-sonli maktabda sodir bo`lgan otishmada 9 kishi, jumladan, olti bola halok bo`lgani, 20 kishi jarohatlangan.