AsosiyIqtisodiyot
2299

“O`zbekneftgaz”: Nufuzli kompaniyalarida ish tajribasiga ega o`zbekistonlik va xorijlik mutaxassis (ekspat)lar ochiq tanlov asosida ishga taklif etiladi

'“O`zbekneftgaz”: Nufuzli kompaniyalarida ish tajribasiga ega o`zbekistonlik va xorijlik mutaxassis (ekspat)lar ochiq tanlov asosida ishga taklif etiladi'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ yangi tashkil etiladigan quyidagi lavozimlarga chet el kompaniyalarida tegishli yo`nalishlarda ish tajribasiga ega yuqori malakali o`zbekistonlik va chet ellik mutaxassis (ekspat)larni ishga qabul bo`yicha ochiq tanlovda ishtirok etishga taklif etadi:

• Ichki audit xizmati boshlig`i (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);

• Raqamlashtirish va avtomatlashtirish Loyiha ofisi rahbari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);

• Xaridlar bo`yicha Loyiha ofisi rahbari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);

• Geologiya departamenti boshlig`ining o`rinbosari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);

• Uglevodorodlarni qazib chiqarish departamenti boshlig`i o`rinbosari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);

• Iqtisod va rejalashtirish departamenti boshlig`i o`rinbosari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);

• Kapital qurilish va loyihalashtirish departamenti boshlig`i o`rinbosari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);

• Burg`ulash bo`yicha loyihalarni amalga oshirish guruhi rahbari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);

• Quduqlarni kapital ta`mirlash bo`yicha loyihalarni amalga oshirish guruhi rahbari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida).

“O`zbekneftgaz” AJ ishga qabul qilingan nomzodlar bilan 12 oylik shartnoma imzolanadi. Raqobatbardosh oylik maosh va ijtimoiy kafolatlar taqdim etiladi.

Ochiq tanlovda qatnashish uchun nomzodlar anketa-rezyumelarini tanlangan lavozimni nomini elektron xat mavzusiga yozib, resume@ung.uz elektron pochta manziliga 2022 yil 9 oktyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

Hurmatli nomzodlar! Lavozim talablariga mos kelmagan nomzodlarga javob xati yuborilmasligini ma`lum qilamiz!

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar