1

Turkiya Rossiyaning Ukraina hududlarini qo`shib olganini tan olmaydi

Dunyo 01.10.2022, 12:16
Turkiya Rossiyaning Ukraina hududlarini qo`shib olganini tan olmaydi

Turkiya Rossiya tomonidan vaqtincha bosib olingan Ukraina hududlarini anneksiya qilishini tan olmaydi. Rasmiylar Ukraina suverenitetini qo`llab-quvvatlaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotiga asoslanib, “RBK-Ukraina” xabar bermoqda.

Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning 2014 yilda o`tkazilgan noqonuniy “referendum” va Qrimning anneksiya qilinishini tan olmaganini eslatib, Ukrainani qo`llab-quvvatlashini ham ta`kidladi.

“Biz 2014 yilda olgan bu pozisiyamizga muvofiq, biz Rossiyaning Ukrainaning Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarini anneksiya qilish haqidagi qarorini rad etamiz”, — deyiladi bayonotda.

Turkiya Rossiyaning qarorini qabul qila olmasligini, bu xalqaro huquqning belgilangan tamoyillarini qo`pol ravishda buzish ekanligini qayd etdi. Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi urushni tugatish bo`yicha tinchlik muzokaralarini qo`llab-quvvatlashini bildirdi.

Eslatib o`tamiz, kecha Putin bosib olingan Lugansk, Donesk, Zaporoje va Xerson viloyatlari hududlari anneksiya qilinganini e`lon qilgan edi.

AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada allaqachon Rossiyaning noqonuniy qaroriga munosabat bildirgan va qo`shimcha sanksiyalar joriy qilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1