1

Toshkentda tadbirkorning 1 500 AQSh dollarini qo`lga kiritmoqchi bo`lgan yurist qo`lga olindi

Jinoyat 03.10.2022, 16:34
Toshkentda tadbirkorning 1 500 AQSh dollarini qo`lga kiritmoqchi bo`lgan yurist qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yakkasaroy tumani bo`limlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, Yakkasaroy tuman hokimligining bosh yuriskonsulti B.N. “B.S.” MChJ tomonidan ochilgan do`konning egalik huquqini bekor qilish yuzasidan sudlar tomonidan ko`rilayotgan apellyasiya ishini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berishni 1 500 AQSh dollariga kelishib, shundan 500 AQSh dollarini ishni boshlash bahonasida qo`lga kiritib, qolgan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1