1

Namanganda o`qituvchisiga qo`l ko`targan o`quvchining ota-onasiga chora кo`rildi (video)

Jamiyat 06.10.2022, 18:12
Namanganda o`qituvchisiga qo`l ko`targan o`quvchining ota-onasiga chora кo`rildi (video)

Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 29-maktabda "o`quvchilar o`qituvchini kaltaklashdi" mazmunida video tarqalgan video e`lon qilingan edi.

Kosonsoy tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 29-sonli maktabda 2022 yil 19 sentyabr kuni sodir bo`lgan noxush voqeani o`rganish yuzasidan ma`lumot berdi

Ma`lum qilinishicha,  ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Kosonsoy tumanidagi 29-sonli maktabda sodir etilgan noxush xolat 19 sentyabr kuni fizika darsida sodir etilgan.
Fizika fani o`qituvchisi dars o`tayotganda o`quvchi o`qituvchining dars o`tishiga xalaqit bergan. Shunda o`qituvchi o`quvchini darsdan chiqarib, maktabning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosariga suxbatlashish uchun topshirgan.

Bir muncha vaqt o`tgandan so`ng o`quvchi sinf xonasiga qaytib kirgan va videoda aks etgani kabi o`qituvchiga tashlangan. Sinfdagi boshqa o`quvchilar ularni ajratishga xarakat qilgan. 

Xolat yuzasidan tuman IIB bo`limi va tuman xalq ta`limi bo`limi xodimlari maktabda o`rganish olib borgan va tegishli tartibda o`quvchining ota-onasiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy javobgarlikka tortildi. 
   
"Xalq ta`limi bo`limi va maktab rahbarlariga o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida o`zaro hurmat va belgilangan tartib qoidalar asosida do`stona munosabat o`rnatilishini ta`minlash bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1