1

​​O`zbekiston TIV iqtisodiy diplomatiya doirasida raqamli dayjestni ishga tushirdi

Iqtisodiyot 08.10.2022, 10:37
​​O`zbekiston TIV iqtisodiy diplomatiya doirasida raqamli dayjestni ishga tushirdi

O`zbekistonning iqtisodiy diplomatiyasini rivojlantirish, mamlakatimiz haqida xalqaro hamjamiyat xabardorligini oshirish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ingliz tilidagi New Uzbekistan. New Opportunities  raqamli dayjestining birinchi elektron jo`natmasi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, dayjestda O`zbekistonning iqtisodiy hayotidagi so`nggi o`zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar, biznesning yangi imkoniyatlari, muvaffaqiyatli hodisalar va bo`lajak tadbirlar haqida ma`lumotlar mavjud.

Raqamli dayjest xorijiy ishbilarmon doiralar, kompaniyalar, investisiya fondlari va banklari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, global reyting agentliklari, shuningdek, Toshkentdagi diplomatik korpusga tarqatish uchun mo`ljallangan.

"Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan birinchi jo`natmalar xorijdagi 3000 dan ortiq manzillarni qamrab oldi. Aloqa bazasi kengayib borishi bilan ularning sonini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan.

Dayjest bilan shu erda tanishish mumkin",— deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1