AsosiyJamiyat
2510

“Na senga, na menga...” Jizzaxda aka ukasiga berilgan otxonani yoqib yubordi

'“Na senga, na menga...” Jizzaxda aka ukasiga berilgan otxonani yoqib yubordi'ning rasmi

Jizzaxlik fuqaro otasiga achchiq qilib, jahl ustida xatoga yo`l qo`ydi. Bu hada Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qangli mahalla fuqarolar yig`ini istiqomat qiluvchi S.A tumanning Nurafshon mahallasida yashovchi otasi A.J.ning qaroridan xafa bo`ldi. Chunki otasi Yoyilma mahallasi hududidagi otxonasi hamda u erdagi mol-mulklarini ukasi A.S.ga bergandi.

Shundan so`ng, mol-mulk noto`g`ri taqsimlandi, deb hisoblagan S.A. “na senga, na menga” qabilida ish tutib ,otxonaga benzin sepib, yoqib yuborgan. Oqibatda qiymati 102 million so`mlik 17 bosh toy hamda bozor narxi 145 million 700 ming so`mlik beda g`arami hamda otxonaning tom qismi yonib ketdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar