1

Soliq tushumlari o`tgan yilga nisbatan 117 %ga oshgan — DSQ

Iqtisodiyot 06.12.2022, 12:27
Soliq tushumlari o`tgan yilga nisbatan 117 %ga oshgan — DSQ

O`zbekiston bo`yicha joriy yilning 11 oyida soliq organlari tomonidan 135,8 trln so`m tushumlar ta`minlanib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 20 trln so`mga yoki 117 % o`sishga erishildi. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, soliq turlari kesimida:

-mol-mulk solig`idan 3,6 trln so`m undirilib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 trln so`mga yoki 157%ga;

-er solig`idan 4,8 trln so`m undirilib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 trln so`mga yoki 133%ga;

-AOSdan 2,3 trln so`m undirilib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 700 mlrd so`mga yoki 144 %ga;

-QQSdan 30,4 trln so`m undirilib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 7,5 trln so`mga yoki 133 %ga;

-JShODSdan 21,5 trln so`m undirilib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 4,7 trln so`mga yoki 128%ga o`sishga erishildi.

1-yarim yillikda soliq turlari kesimida tushumlar

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1