1

300 dan ortiq bank kartalaridan pullarni talon-toroj qilgan firibgar fosh etildi

Jinoyat 08.12.2022, 19:25
300 dan ortiq bank kartalaridan pullarni talon-toroj qilgan firibgar fosh etildi

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Samarqand viloyati Bulung`ur tumani IIBga J.A. ariza bilan murojaat qilib, o`ziga tegishli bo`lgan bank kartasidan 8 million 918 ming 900 so`m pul noma`lum sababga ko`ra echib olinganini ma`lum qilgan.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, J.A. telegram messenjeridagi “Davrbank kredit” soxta botga kirgan va botda “Davrbank” orqali onlayn mikrokredit olish imkoni borligi haqidagi yolg`on ma`lumotlarga ishonib, zararli havolaga bank kartasi ma`lumotlarini kiritgan. So`ng pullar echilgani ma`lum bo`ldi.  

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Farg`ona viloyatida yashovchi M.S. sodir etgani aniqlangan.  

M.S. zararli havola yaratib, telegram kanallariga tarqatgan holda 300 dan ortiq bank kartalari boshqaruvini qo`lga kiritib, kartalardagi pullarni talon-toroj qilgan. Bir qismini “1xBet” onlayn qimor o`yinlariga, qolgan qismini elektron hamyonlarga o`tkazib o`zlashtirgan. 

M.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1