AsosiyDunyo
6680

Avstriyalik qiz Facebook`da bolalik suratlarini e`lon qilgani uchun ota-onasini sudga berdi

Avstriyaning Karintiya shahrida yashovchi 18 yoshli qiz ota-onasi etti yil mobaynida uning roziligisiz Facebook ijtimoiy tarmog`iga bolaligidagi suratlarini joylab kelgani uchun sudga berdi, deb yozadi “Tjournal”.

Ismi sir saqlanayotgan qizning advokati jurnalistlarga ma`lum qilishicha, uning ota-onasi ijtimoiy tarmoqqa bolalagidagi 500 ga yaqin suratni joylashgan. 

Advokatning so`zlariga ko`ra, agar qiz mazkur suratlar uning shaxsiy hayotiga bo`lgan huquqini buzganini isbotlasa, u noyabrda bo`lib o`tadigan sud ishida yutib chiqadi.

“Ota-onam meni jiddiy qabul qilmasliklaridan charchab ketdim. Ular kiyimsiz holda karavotda uxlayotgan holimdagi suratlarimdan tortib, hojatxonada o`tirganimgacha ijtimoiy tarmoqlarga joylashgan”,—deydi avtriyalik qiz.

Qizning otasi esa uning suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga qo`yish huquqiga ega ekanligini ta`kidlamoqda. Agar qiz sudda yutib chiqsa, ota-onasi unga moddiy yordam va sud harajatlarini to`lashga majbur bo`ladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar