1

Shavkat Mirziyoevning Qirg`izistonga tashrifi dasturi ma`lum qilindi

Siyosat 26.01.2023, 13:54
Shavkat Mirziyoevning Qirg`izistonga tashrifi dasturi ma`lum qilindi

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 26‒27 yanvar kunlari ikki kunlik davlat tashrifi bilan Qirg`izistonga boradi.

Ma`lum qilinishicha, Prezident Bishkek shahriga etib kelish bilan ikkita qisqa folklor-musiqiy nomer namoyishi ko`zda tutilmoqda.

Rasmiy tadbirlarni o`tkazish 27 yanvarga mo`ljallangan. Shu kunning o`zida rasmiy uchrashuv va birgalikda suratga tushish marosimi bo`lib o`tadi.  

Undan so`ng tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar bo`lib o`tadi.

O`tkazilgan uchrashuvlar natijalari bo`yicha ikki tomonlama hujjat almashish va OAV vakillari uchun bayonot bo`lib o`tadi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1