AsosiySavol-javob
6639

«Xususiy tashkilot dekret puli bermaydimi?»

— 2010 yili bola parvarishi ta`tilidan ishga qaytdim. 2013 yili yana tug`ruq ta`tiliga chiqdim. Ammo korxona tomonidan dekret puli berilmadi. Sababini so`rasam «Pul yo`q» deyishgandi. Orada bola parvarishi ta`tilidan qaytib, uchinchi farzandimga tug`ruq ta`tili oldim. Endigisida ham dekret puli to`lanmadi. «Byudjet tashkiloti emasmiz, xususiylarning esa to`lashi shart emas» deyishdi. Aslida ham shundaymi? Xususiy korxona va tashkilotlarda ishlaydigan xodimlar tug`ruq pulisiz qolib ketaveradimi?

Sanobar, Samarqand.

 

— Tug`ish ta`tili uchun pul to`lanmagan holatda siz shu tashkilotning rahbariga yozma tarzda murojaat etishga haqlisiz. Arizangizga 15 kun ichida javob berilmaganda yoki rad qilinganda esa korxona (tashkilot) joylashgan hududdagi fuqarolik sudiga to`lanmagan ta`til pulini undirish haqida da`vo arizasini keltirishingiz mumkin. 

Boshqa yangiliklar