AsosiyJamiyat

Namangandagi gaz portlashidan jarohatlanganlardan biri vafot etdi

Sal avval Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi xonadonlarning birida gazdan portlash sodi...

Sal avval Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi xonadonlarning birida gazdan portlash sodir bo`lgani xabar berilgan edi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, portlash oqibatida 5 nafar shaxs turli tan jarohati olgan.  

Ko`rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan 1 nafari shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi “a” bandi (Tog`-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar