Namanganda o`qituvchini urgan maktab direktori uning o`g`illari tomonidan kaltaklandi

Jamiyat 26.03.2023, 15:48
Namanganda o`qituvchini urgan maktab direktori uning o`g`illari tomonidan kaltaklandi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 2-maktab direktori va o`qituvchisi o`rtasida janjal yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur maktab direktori voqea sabablarini aytib, jabrlanuvchining o`g`illari tomonidan kaltaklanganini ma`lum qildi

Direktorning so`zlariga ko`ra, psixolog bilan xonaga kirganida bir qancha o`g`il bolalar suhbatlashib turganini ko`rgan. Bolalar kechki payt tadbir o`tkazilishi sababli hozir tayyorgarlik ishlari ketayotganini bildirgan. U nega dars bo`lmayotganini, nega norasmiy tadbir o`tkazilayotganini so`raganida o`qituvchi uni tashqariga tortib olib chiqqan. 

 

“Ichkari xonada o`g`il bolalar hammasi to`planib olgan, dars esa bo`lmayotgan edi. Men sababini so`raganimda kechki payt qolib, tadbir o`tkazish maqsadida maslahatlashib turishganini aytishdi. Men o`qituvchiga dars o`tish kerakligini aytib, tanbeh berdim. Sinf rahbarini chaqirtirdim, nega dars bo`lmayotganini, nega norasmiy tadbir o`tkazilayotganini so`radim. Domla shu payt nega menga baqirasan, tashqariga yur, deb qo`limdan tortib tashqariga olib chiqdi. Qo`limni qo`yvoring, deganimda boshim tegib ketdi, bo`ylari mendan balandroq. Unday qilmasligim kerak edi, deb turibman. Hozir jamoatchilikdan ham, hammadan uzr so`rayman”, — deydi u.

 

Shuningdek, jabrlanuvchi o`qituvchi ham voqea qanday bo`lganini aytib berdi. Uning so`zlariga ko`ra, direktor xonaga kirib unga baqirgan. 

 

“Bir bolani qidirib kelgan ekan. Qandaydir baqirdi, keyin tashqariga chiq, tashqarida meni urasanmi, nima qilsang qil, lekin bolalarning oldida bunday baqirma, dedim. Psixolog ham o`sha erda edi. Tashqariga chiqishimiz bilan yoqamdan ushlab, kallasi bilan urdi”, — deydi jabrlanuvchi.

 

Maktab jamoatchiligi vakillari ushbu o`qituvchi va direktor munosabati shu kunga qadar yaxshi bo`lganini ta`kidlagan. Shuningdek, ular direktor jabrlanuvchining yaqin qarindoshidan ham kaltak eganini aytib o`tgan. Direktor aslida bu haqda oshkor qilishni xohlamaganini, jabrlanuvchining oila a`zolaridan o`sha kunning o`zidayoq uzr so`raganini ta`kidlagan. 

 

“Bu to`g`risida aslida aytmoqchi emasdim. O`sha kunning o`zida o`g`illari meni chaqirdi. Aytilgan joyga borganimda 4-5 ta mashinada sheriklari bilan kelishdi. 40-50 kishi bo`lib kaltaklashdi. Ularga vaziyatni tushuntirdim, ayb o`zimda ekanini aytdim. O`sha kunning o`zidayoq uyiga borib, uzr so`rab kelganman”, — dedi maktab direktori.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1