AsosiyIqtisodiyot

Vazirlik va idoralar tomonidan bir oyda jami 4,35 trln so`mlik 77 411 ta davlat xaridlari amalga oshirilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2023 yil fevral oyidagi davlat xaridlari...

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2023 yil fevral oyidagi davlat xaridlariga oid jami 25 mlrd so`mlik qonunbuzilish holatlari yuzasidan buyurtmachilarga 26 ta taqdimnoma kiritilgan, shuningdek, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun to`plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Jumladan, quyidagi qonunbuzilish holatlari aniqlandi: 

“Uzbekistan Airports”  AJ buyurtmachiligida 4,3 mlrd so`mga jihozlar xarid qilish bo`yicha o`tkazilgan davlat xaridida ishtirokchilarga raqobatni cheklovchi shartlar kiritilgan;

 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali buyurtmachiligidagi 2,6 mlrd so`mga “Temir-beton ustun” xarid qilish bo`yicha o`tkazilgan davlat xaridida  “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonun talablari buzilgan;

Toshkent viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligidagi 796 mln so`mga tibbiy asbob uskunalar sotib olish bo`yicha o`tkazilgan davlat xaridida affillanganlik holatlariga baho berilmagan.

Agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnoma va so`rovnomalar natijasida 12 ta davlat xaridi bekor qilingan hamda 7 ta ma`muriy ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar