FVV matbuot xizmati Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida parranda fabrikasida sodir bo`lgan portlash bo`yicha qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, Bugun, 30 mart kuni soat 10-40 larda Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanining "Melixo`ja" MFYda joylashgan parranda fabrikasida, dastlabki o`rganish natijalariga ko`ra, xavo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan.
Hodisa oqibatida vafot etganlar yo`q, 2 nafar fuqaro engil tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda "Hududgazta`minoti" mas`ul hodimlari chiqishgan. Hozirda voqea sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.