Xorazmda paxta zavodida yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 31.03.2023, 20:22
Xorazmda paxta zavodida yong`in sodir bo`ldi

Xorazm viloyati Xiva tumanidagi paxtani qabul qilish va qayta ishlash zavodida yirik yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Ma`lumotlarga ko`ra, kecha 30 mart kuni soat 17:07 da tumandagi "Sapcha" MFYda joylashgan paxta qabul qilish va uni qayta ishlash zavodi hududidagi 11 ta paxta g`aramining ustki qismida yong`in sodir bo`lgan. Yong`inni o`chirish uchun 14 ta yong`in-qatqaruv ekipaji, 12 ta yordamchi suv tashish avtomashinasi jalb qilingan. 

Yong`in 18:03 da o`rab olinib, 19:20 da o`chirilgan. Voqea joyiga viloyat hokimining o`rinbosari, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i va mas`ul xodimlar etib borgan. 

Yong`in oqibatida 11 ta paxta g`aramining yuza qismida taxminan 2500 kilogramm paxta yongan va yong`indan 2 ta paxta g`arami saqlab qolingan. Voqea joyida viloyat hokimining o`rinbosari boshchiligida yong`in o`chirish shtabi tashkil etilgan. 

Sharhlar