AsosiyJAMIYAT

O`zbekistonda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi

Bugungi kunda davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya dasturlari 170 dan ortiq xizm...

Bugungi kunda davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya dasturlari 170 dan ortiq xizmatlar va yordamlarni qamrab olgan bo`lib, ushbu xizmatlar 6 ta vazirlik tomonidan bir-biridan tarqoq tarzda faoliyat olib bormoqda.

Aholiga kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish tizimini joriy qilish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri og`ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo`lgan aholi bilan manzilli ishlashni tashkil qilishdan iborat bo`lib, aholining 31 ta toifasiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etadi.

Xususan:

  • keksa yoshdagi shaxslar va qariyalar;
  • o`zgalar parvarishiga muhtoj bo`lgan shaxslar;
  • nogironligi bo`lgan shaxslar;
  • kam ta`minlangan oilalar;
  • zo`ravonlikka uchragan shaxslar;
  • nogiron farzandlari bo`lgan oilalarga va ota-onasining biri nogiron bo`lgan bolalar;
  • vasiylikka olingan oilalar;
  • etim va chin etim bolalar;
     
  • alohida ta`lim-tarbiyaga muhtoj shaxslar ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan qamrab olinadi.

 

Agentlik tomonidan aholiga quyidagi asosiy ijtimoiy xizmatlar  va yordamlar ko`rsatiladi:

  • kam ta`minlangan oilalarga hamda mehantga layoqatsiz aholiga nafaqalar va moddiy yordamlar berish;
  • keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslar hamda mehnat faxriylari uchun sanatoriylar hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
  • aholini protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitasiya texnik vositalari bilan ta`minlash;
  • nogironligi bo`lgan shaxslarni imtiyozli hamda bepul stasionar davolanishini ta`minlash;
  • nogironligi bo`lgan shaxslarning yakka tartibdagi reabilitasiya dasturlarini ishlab chiqish;
  • og`ir ijtimoiy oilalar bilan ishlash;
  • ruhiy-ijtimoiy xizmatlarni ko`rsatish;
  • tazyiq va voyaga etmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish;
  • etim va chin etimlar bilan manzilli ishlash;
  • extiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlarini ko`rsatish.

 

⚡️Agentlik tarkibiga quyidagi tashkilotlar bosqichma-bosqich o`tkaziladi.


 

Jumladan:

2023 yil 15 iyundan boshlab:

  • Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo`linmalari;
  • Nogironligi bo`lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari;
  • Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markazlari hamda uning hududiy bo`limlari;
  • Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo`yicha respublika reabilitasiya markazi;
  • nogironligi bo`lgan shaxslar va keksalar uchun “Muruvvat”  va “Saxovat” internat-uylari;
  • Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati;
  • keksalar, nogironligi bo`lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;

    Boshqa yangiliklar