Avval xabar berganimizdek, Samarqandda xalqaro Oziq-ovqat xavfsizligi konferensiyasi bo`lib o`tmoqda.
Bugun, 8 sentyabrda konferensiya doirasida Samarqandda O`zbekiston agrooziq-ovqat investisiya forumi o`tkazildi, u mamlakatning qishloq xo`jaligi sohasidagi salohiyatini namoyish etdi. Tadbirda 26 ta mamlakatdan 100 dan ziyod kompaniya qatnashdi.
Shu soatga qadar, 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi, jumladan:
- to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar – 857,3 mln AQSh dollariga teng 24 loyiha;
- grantlar va xalqaro moliya institutlari mablag`lari – umumiy qiymati 707,5 mln AQSh dollariga teng 14 ta loyiha;
- 319,2 mln AQSh dollarili savdo kelishuvlari.