AsosiyJamiyat

Otabek Umarov Si Szinpin va uning rafiqasi bilan uchrashdi

'Otabek Umarov Si Szinpin va uning rafiqasi bilan uchrashdi'ning rasmi

Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Bu haqda vise-prezident o`z Telegram-kanalida ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur uchrashuv bugun, 23 sentyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o`yinlarining tantanali ochilish marosimi fonida bo`lib o`tgan.

“Bu uzoq kutilgan voqea arafasida eng ilhomlantiruvchi uchrashuvdir. Xitoy Xalq Respublikasining muhtaram Raisi Si Szinpin janoblariga va ularning rafiqalari Pen Liyuan  xonimga Osiyo Olimpiya Kengashi faoliyatiga bo`lgan e`tiborlari uchun tashakkur”, deb yozgan Umarov.

    Boshqa yangiliklar