AsosiyDunyo

Samsung yangi Galaxy S8 smartfoni ustida ishni to`xtatdi

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S8 smartfonini yaratishni vaqtincha to`xtatdi, hozircha Galaxy Note 7 smartfonlarining portlash sabablari aniqlanmadi, deya xabar beradi The Wall Street Journal.

“Biz hali hamon muammo nimada ekanligini aniqlay olmadik”, — deya ma`lum qildi kompaniya vakili.

Galaxy S8 ishlab chiqarish ishlari ikki haftadan so`ng yangilanadi. Bu vaqt oralig`ida kompaniyaning etakchi muhandislari  Galaxy Note 7 muammolarini o`rganishadi.

Ekspertlar bir qator sabablarni ko`rsatishmoqda — dasturiy ta`minotdan tortib, uning yoqilish sxemasigacha.

Avvalroq Samsung Galaxy Note 7 savdosi va ishlab chiqarishini to`xtatgan edi. Kompaniya ishlab chiqarish to`xtatilgandan 5 milliard dollar zarar ko`rdi.

Ko`pgina aviakompaniyalar smartfonni samolyot bortiga olib o`tishni ta`qilashgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar