Facebook ijtimoiy tarmog`ining «Voditeli Tashkenta» guruhi a`zolari Spark avtomobili ishtirokida sodir bo`lgan dahshatli YTHning suratlari bilan bo`lishishdi.
Suratda guvohi bo`lganingizdek, avtomobil ustun bilan to`qnashib ketgan, ustun mashinani ikkiga bo`lib yuborgan.
Guvohlarning aytishicha, YTH Toshkent-Yangiyo`l trassasida o`tgan haftada sodir bo`lgan, haydovchi xavfsizlik yostiqchasi sababli tirik qolgan.
Halokat sabablari aniq emas. Tahminlarga ko`ra, haydovchi rulda uxlab qolgan yoki mast bo`lgan.