1

O`zbekistonning davlat qarzi 31,5 mlrd dollarga etdi

Iqtisodiyot 06.11.2023, 11:57
O`zbekistonning davlat qarzi 31,5 mlrd dollarga etdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e`lon qilingan 2024-2026 yillar uchun Byudjetnomada keltirilishicha, davlat qarzi 2017 yildan buyon qariyb 20 mlrd dollarga oshib, 31,5 mlrd dollarga etgan.

Shundan davlat tashqi qarzi — 25,9 mlrd dollar, davlat ichki qarzi — 5,6 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Mamlakatlar kesimida O`zbekistonning eng ko`p tashqi qarzi Xitoy xalq respublikasi, tashkilotlar kesimida, Osiyo taraqqiyot bankiga tegishli.

Mazkur byudjetnomada qayd etilishicha, Xalqaro Valyuta Jamg`armasi O`zbekistonning tashqi qarz holatini "mo``tadil" deya baholagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1