1

O`zbekistonda eksport salohiyatini oshirish ilg`or standartlar joriy qilinmoqda

Iqtisodiyot 12.11.2023, 20:55
O`zbekistonda eksport salohiyatini oshirish ilg`or standartlar joriy qilinmoqda

So`nggi yillarda respublika eksport salohiyatini oshirish va mahalliy eksportchilarning faoliyatini rag`batlantirishga qaratilgan keng ko`lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Shu bilan birgalikda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifati, raqobatbardoshliligini oshirish va halqaro bozorlarda o`z o`rnini topishga ko`maklashish maqsadida bir qator zarur loyihalar amalga oshirilib kelmoqda. 

Jumladan,  

– Milliy sifat infratuzilmasini xalqaro me`yorlarga moslashtirish maqsadida, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash sohalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari qayta ko`rib chiqildi.

Xususan, 30  mingga yaqin ichki standartlardan qariyb 20 mingtasi xalqaro me`yorlar bilan uyg`unlashtirildi, xalqaro standartlar reestri shakllantirildi.

Bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining to`liq ishlashiga to`sqinlik qiladigan 6 mingga yaqin eskirgan standartlardan foydalanish to`xtatildi va 3,5 ming standart zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirildi. 26 ta xalqaro texnik reglamentning mahalliy analoglari ishlab chiqilgan.

– tadbirkorlik sub`ektlari uchun mahsulotlarni ishlab chiqarishda va olib kirishda muvofiqligini tasdiqlash tartibotlari xalqaro talablar asosida takomillashtirildi.

Xususan, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shug`ullanadigan 47 ta korxona 
global GAP va organik standartlariga muvofiq sifat tizimini faol ravishda amalga oshirmoqda.

To`qimachilik sanoatida respublika bo`yicha 98  ta korxonalar Oeko-Tex standartlariga muvofiq sertifikatlangan, ularning aksariyati Evropa Ittifoqida talab qilinadigan idoralar markalash sertifikatini olgan 

– Respublikada ishlab chiqarilayotgan va olib kirilayotgan mahsulotlarni xalqaro talablar asosida sinovlarini o`tkazish bo`yicha jami 12 ta (8 ta oziq-ovqat, 3 ta metall va 1 ta elektromagnit moslashuvchanlik laboratoriyalari) zamonaviy sinov laboratoriyalar tashkil etildi; 

Bunda, O`zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (UzTest) va uning 16 ta hududiy filiallari tashkil etildi. Xalqaro tashkilotlarning (ISO, IEC, UNECE, EN, CODEX STAN) standartlari, talab va me`yorlariga muvofiq yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sinovlarini to`liq amalga oshiradigan zamonaviy sinov va nazorat laboratoriyalaridan iborat sinov va nazorat kompleksi tashkil etildi.

– Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, eksportbop mahsulotlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va fermer xo`jaliklarida xalqaro standartlarni joriy etish hamda tadbirkorlik sub`ektlariga standartlashtirish, sertifikatlashtirish harajatlarini qoplab berish mexanizmi yo`lga qo`yildi.

Bulardan tashqari, joriy yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida korxonalarga 1292 ta, shundan, standartlashtirish – 350 ta, metrologiya – 161 ta, sertifikat-lashtirish – 272 ta, sifat menejment tizimlari masalalari – 354 ta, qadoqlash va yorliqlash – 77 ta va boshqa masalalarda 98 ta konsultativ xizmatlar ko`rsatildi.

Buning natijasida, hududlarda joylashgan 177 ta tumandagi 1016 ta korxonaning 75 turdagi mahsulotlarini dunyoning 40 ta mamlakatiga eksport qilinishida amaliy yordamlar ko`rsatildi.

Respublika hududlarida faoliyat yurituvchi 212 ta eksportyor korxonaga hududlar sertifikatlash idoralari tomonidan 360 ta sinov bayonnomalari va 250 ta muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi.

Natijada dunyoning 15 ta davlatiga qiymati 20,4 mln AQSh dollar bo`lgan mahsulotlar eksport qilinishiga erishildi.

O`tgan 9 oy davomida hududlardagi 2553 ta korxonadagi 2640 ta investisiya dasturi doirasida ishga tushiriladigan korxonalar manzilli o`rganilib, ularga 2593 ta, shundan standartlashtirish – 619 ta, metrologiya – 195 ta, sertifikatlashtirish – 601 ta, sifat menejment tizimlari masalalari – 415 ta, qadoqlash va yorliqlash – 140 ta va boshqa masalalarda 623 ta konsultativ xizmatlar va amaliy yordam ko`rsatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1