AsosiyIqtisodiyot
2499

Andijonda 1 mln dollarlik GES qurilmoqda

'Andijonda 1 mln dollarlik GES qurilmoqda'ning rasmi

O`zbekistonda birinchi bo`lib xususiy mikro GESni ishga tushirilgan Andijon viloyatida million dollarlik GES qurilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Ulug`nor tumanida yana bir GES qurilishi boshlandi. Ushbu loyiha qiymati 1 million dollarni tashkil etib, 500 dan ziyod xonadonlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta`minlashga mo`ljallangan.

Mazkur loyihalar prezidentning “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar