1

25 yoshgacha bo`lgan xodimlarga to`langan ijtimoiy soliq summasi qanday qaytariladi? Soliq qo`mitasi tushuntirdi

Iqtisodiyot 14.11.2023, 12:20
25 yoshgacha bo`lgan xodimlarga to`langan ijtimoiy soliq summasi qanday qaytariladi? Soliq qo`mitasi tushuntirdi

2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to`langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to`liq qaytarib beriladi. Bu haqda Soliq qo`mitasi xabarida qayd etilgan. 

Bunda:

- ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so`ralayotgan yosh xodim hisobot oyida 25 yoshdan oshmagan bo`lishi;

- 25 yoshgacha bo`lgan yosh xodim uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan bo`lishi;

- ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to`langanligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo`lishi lozim.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ish beruvchining arizasi rad etiladi.

25 yoshgacha bo`lgan xodimlar uchun ijtimoiy soliq summasini qaytarishga ariza berish uchun:

1. My3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga elektron raqamli imzo (ERI) yordamida kiriladi. «Xizmatlar» - “Soliq majburiyatlari” - “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bo`limlari ketma-ketlikda tanlanadi.

2️. Ochilgan oynada ish beruvchi haqidagi ma`lumotlar avtomatik shakllanadi.

3️. Ijtimoiy soliq summasini qaytarish so`ralayotgan davr ko`rsatiladi.

2024 yil dekabr oyi uchun to`langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati – 2025 yil 1 aprel.

4️. Tegishli sanalar kiritilgach, korxonaning 6 oy davomida uzluksiz ishlagan 25 yoshgacha bo`lgan xodimlari ro`yxati va ijtimoiy soliq summasi avtomatik tarzda shakllanadi.

5️. Ma`lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi, xususan, ijtimoiy soliq stavkasi, miqdori va yuridik shaxsning bank rekvizitlari - pul mablag`lari qaytariladigan hisob raqami tekshiriladi.

6️. “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. So`ngra ariza va uning ilovasi shakllanadi. Ilovani saqlash va chop etish mumkin.

7️. Kiritilgan ma`lumotlarning to`g`riligiga yana bir bor ishonch hosil qilingach, “Arizani yuborish” tugmasi bosiladi.

“Yuborilgan arizalar” bo`limida ariza holati, ijrochisi va ko`rib chiqish muddatlari haqida to`liq ma`lumotlar aks ettiriladi.

Ariza 5 ish kunida o`rganib chiqiladi.

Taqdim etilgan ariza barcha talablarga javob bersa, 1 ish kuni ichida shakllantiriladigan soliq organlarining tegishli xulosasi bilan birga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G`aznachilikka yuboriladi.

25 yoshgacha bo`lgan xodimlar uchun to`langan ijtimoiy soliq summasini qaytarish tartibi budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg`armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1