O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 17 noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to`g`risida”gi 196-sonli farmoniga ko`ra, joriy yil 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, ya`ni:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so`m;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so`m;
- mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming so`m etib belgilanmoqda.
Prezidentning farmoni natijasida 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko`payadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshgan holda hisoblanadi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, bazaviy hisoblash miqdori 1 dekabrdan 3% miqdorda (7% emas!) o`zgarib, 340 ming so`m etib belgilanmoqda. Umuman olganda yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5% ga oshgan bo`lsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, ya`ni 13% ni tashkil etdi.
17.11.2023 17:04