AsosiyIqtisodiyot
3551

Xorijiy valyutalarda kreditlar endi mikromoliya tashkilotlarida ham beriladi

'Xorijiy valyutalarda kreditlar endi mikromoliya tashkilotlarida ham beriladi'ning rasmi

Endilikda tadbirkorlik sub`ektlari xorijiy valyutada kredit olish uchun nafaqat banklarga, balki mikromoliya tashkilotlariga ham murojaat etishlari mumkin.  Bu bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o`rni va ulushini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 
364-sonli qarori qabul qilindi.

Qabul qilingan qaror mikromoliya tashkilotlarining rivojlanishidagi yangi inqilobiy yondashuv desak xato bo`lmaydi. Eng asosiy o`zgarishlardan biri sifatida yana, mikromoliya tashkiloti lisenziya asosida to`lov tashkiloti(Payme, Click va hk kabi) faoliyatini ham yurita olishini ham qayd lozim. Qonunchilikda faqat to`lov tashkiloti mikromoliya tashkiloti sifatida ro`yxatdan o`tib,  mikromoliyaviy xizmatlar ko`rsata olar edi. Bu yangilik esa sohada sog`lom va teng kuchli raqobatni kuchaytirib, natijada aholiga tanlash imkoniyatini beradi.

Qarorning yana qiziq jihatlaridan biri bu mikromoliya tashkilotlari rivojlanishi natijasida mikromoliya banklariga, mikromoliya banklari esa tijorat banklariga va aksincha transformasiya jarayonlari yaratilishidir.

Bu esa o`z navbatida, yuqorida qayd etilganidek,mikromoliyalash bozori hajmini yanada oshishiga, mikromoliyaviy xizmatlar bilan tadbirkorlarni ko`proq qamrab olishga qo`shimcha imkoniyatlar yaratilishi orqali biznesni rivojlantirish, qo`shimcha ish o`rinlarini yaratish natijasida aholi turmush darajasini yaxshilashga olib keladi.

Qolaversa, mikromoliya xizmatlar bozorida banklar bilan mikromoliya tashkilotlari o`rtasidagi bo`shliq bazaviy bank xizmatlarini ko`rsatuvchi mikromoliya banklari bilan to`ldirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar