2023 yil 1 noyabr holatiga QQS to`lovchilar soni 192 059 taga etdi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 13,2 % ko`p.
Eng ko`p QQS to`lovchilar quyidagi sohalarda:
- savdo – 59,6 ming;
- qishloq xo`jaligi – 48,1 ming;
- sanoat – 27,8 ming.
QQS to`lovchilarining yuqori o`sish sur`atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
- axborot va aloqa xizmatlari – 41,4%;
- transport – 36,7%;
- xizmat ko`rsatish – 17,8%.