AsosiyIqtisodiyot
3144

O`zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish tizimi yo`lga qo`yiladi

'O`zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish tizimi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimi orqali kam ta`minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo`yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, 2024 yil apreldan boshlab:

  • fuqarolar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn shaklda bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ariza topshirishlari mumkin. Bunda fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali arizalarni yuborish imkoniyati yaratiladi.
  • «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan «Yagona reestr» AT orqali kam ta`minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo`yicha elektron shaklda ariza berish huquqi beriladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar