Fransiya kompaniyasi O`zbekistonda innovasion maktab va shifoxonalar qurishni rejalashtirmoqda

Iqtisodiyot 24.11.2023, 21:05
Fransiya kompaniyasi O`zbekistonda innovasion maktab va shifoxonalar qurishni rejalashtirmoqda

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo`chqorov “Meridiam” investisiya fondining Evroosiyo mintaqasi bo`yicha direktori Remi Hassenforder boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi.

Kompaniya direktori Remi Hassenforder va Jamshid Qo`chqorov respublikaning turli hududlarida innovasion maktablar qurish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari to`g`risida fikr bildirib, ushbu tashabbusni qo`llab-quvvatlashini ma`lum qildi. Bundan tashqari, transport infratuzilmasi, xususan, DXSh shartlari asosida Buxoro–Samarqand va Toshkent–Andijon avtomobil yo`llarining qurilish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari hamda istiqbollari ko`rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlik qilish va loyihalarni amalga oshirishda o`zaro yordam ko`rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ma`lumot uchun: “Meridiam” — uzoq muddatli jamoat infratuzilmaviy loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va boshqarishga ixtisoslashgan global investor va aktivlarni boshqarish kompaniyasi bo`lib, Parij shahrida joylashgan. 2005 yilda asos solingan “Meridiam” fondi Evropa, Shimoliy Amerika va Afrikadagi jamoat infratuzilmasiga sarmoya kiritadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1